Biz haqimizda

Sunnah Products

"Sunnah Products" — Tabiat va ilm-fan uyg‘unlashgan sifat.
2020-yilda asos solingan "Sunnah Products" kompaniyasi organik oziq-ovqat mahsulotlari hamda biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahalliy brend hisoblanadi. Biz faoliyatimizni inson salomatligi uchun eng xavfsiz, tabiiy va ilmiy asoslangan yechimlarni taqdim etish maqsadida boshlaganmiz. Bugungi kunda kompaniyamiz zamonaviy xalqaro standartlarga mos keladigan noyob retseptlarni ishlab chiqish va to‘liq ishlab chiqarish siklini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Bizning falsafamiz: Asl sabablar bilan ishlash

Bizning mahsulotlarimizning asosiy ustunligi – ular tabiiy va sifatli tarkibiy qismlardan tayyorlangan. Sunnah Products sifatida biz tabiiylikka katta e'tibor beramiz, chunki ishonamizki, sog'liqni saqlashning eng yaxshi yo'li tabiat bilan hamnafas bo'lishdir.

Doimiy izlanish va yangiliklarga ochiqlik

Biz doimo yangi bilimlar, texnologiyalar va imkoniyatlar izlaymiz. O‘tgan avlodlar tajribasini hurmat qilgan holda, eng so‘nggi xalqaro tendensiyalarni amaliyotga joriy etamiz.

Jamoaviy mas'uliyat

Bizning yutuqlarimiz ortida o‘z ishiga sodiq, tashabbuskor va malakali jamoa turibdi. Biz mijozlarimiz bilan ham, hamkorlarimiz bilan ham ochiq, halol va ishonchli munosabatlarni qadrlaymiz.

"Sunnah Products" — bu shunchaki sog‘lomlashtiruvchi vositalar emas,
bu o‘zingiz va kelajak avlodlar sog‘lig‘i uchun qilingan eng to‘g‘ri sarmoyadir.

Qadriyatlarimiz va Ish tamoyillarimiz

Ilmiy yondashuv:

Mutlaq tabiiylik va Halollik: Bizning mahsulotlar (kapsulalar, moylar, sirkalar, giyohlar va asal komplekslari) 100% organik xomashyodan tayyorlanadi. Biz sun'iy qo‘shimchalar, GMO va zararli kimyoviy moddalardan mutlaqo voz kechganmiz. Kapsulalarimiz o‘simlik asosli (sellyuloza) bo‘lib, halol standartlariga to‘liq javob beradi.

Har bir mahsulot mutaxassislar va texnologlar nazorati ostida, aniq o‘lchovlar va sinovlar natijasida yaratiladi.

Davlat tomonidan
taqdim etilgan hujjatlar
O‘zbekiston Sanitar-Epidemiologik markazi tomonidan berilgan sertifikat
O'zbekiston Respublikasi davlat reyestiridan ro'yxatdan o'tganligi haqida guvohnoma
O‘zbekiston Millliy Sertifikatlash tizimi tomonidan taqdim etilgan sertifikat
Made on
Tilda