Контентга ўтиш Skip to footer

Yurak baquvvat bo‘lishi uchun nima iste’mol qilish kerak?

Eng asosiy a’zo – yurak sog‘lomligini ta’minlash bir nechta omillarga bog‘liq. To‘g‘ri taomnoma tanlash inson o‘zi bevosita ta’sir ko‘rsata oladigan yagona holatdir.

Uchta mahsulot borki, ular yurak faoliyati uchun eng foydali hisoblanadi: kunjut, pista, jo‘xori kepagi.

Birinchi chempion mahsulot – kunjut urug‘i bo‘lib, u tarkibida muhim arginin aminokislotasining 6 kunlik miqdorini jamlagan. Tanada arginin azot oksidiga aylanadi, bu qon tomir tonusiga ta’sir qilish orqali yurakdagi yuklamani kamaytirishga va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.

Ikkinchi mahsulot – quritilgan suv o‘tlari bo‘lib, tarkibida magniyning 2 kunlik miqdorini saqlaydi. Ushbu mineral kofaktor (“yordamchi molekula”) hisoblanadi. U organizmdagi turli xil biokimyoviy reaksiyalarni, shu jumladan, oqsil sintezini, mushak va asab funksiyalarini, qondagi glyukoza miqdori va qon bosimini tartibga soluvchi 300 dan ortiq ferment tizimlarini nazorat qiladi. Magniy suyaklarning strukturaviy rivojlanishiga yordam beradi va DNK, RNK va antioksidant glutationning sintezi uchun juda muhimdir.

Uchinchi mahsulot – makkajo‘xori kepagi. Uning tarkibida qattiq tolaning 3 kunlik normasi mavjud.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share