Контентга ўтиш Skip to footer

Yuqori qon bosimini normallashtiruvchi mahsulotlar

Tadqiqotlar ko‘rsatdiki, maxsus diyeta qon bosimini ikki haftada normallashtirishi mumkin. Quyida keltirilgan mahsulotlarni taomnomangizga kiritsangiz kifoya:

  • Rezavor
    Smorodina va qulupnay antioksidantlarni o‘z ichiga oladi, u esa qon bosimini o‘rtacha 8% ga kamaytiradi. Ushbu ko‘rsatkich 34 mingdan ortiq gipertonik bemorlar bilan o‘tkazilgan tadqiqotda tasdiqlangan.
  • Banan
    Banan kaliyga boy – ushbu mineral qon tomirlari devorlaridagi taranglikni yo‘qotadi. Agar siz bananlarni yoqtirmasangiz, shu kabi elementni avakado, qovun, qo‘ziqorin, pomidor, tunes balig‘i yoki fasoldan olishingiz mumkin. Ammo buyrak bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, ehtiyot bo‘lish kerak – ortiqcha kaliy buyrak uchun zararli.
  • Lavlagi
    Olimlar aniqlashdi, kuniga 250 ml (taxminan 1 chashka) qizil lavlagi sharbati qon bosimini normallashtiradi. Maksimal ta’sir qilishi uchun uni bir oy ichish kerak, lekin 24 soat ichida dastlabki ijobiy natijani sezsa bo‘ladi.
  • Achchiq shokolad
    O‘tkazilgan 15 ta tadqiqot, bu mahsulot qon bosimini kamaytirishini ko‘rsatdi. Ammo tarkibi 70 foizdan ortiq kakao borligiga ishonch hosil qilgan ma’qul.
  • Kivi
    Kuniga uchta kivini sakkiz hafta davomida iste’mol qilish sistolik va diastolik qon bosimini sezilarli darajada kamaytiradi. Mutaxassislar buning sababini vitamin C ga bog‘lashadi.
  • Tarvuz
    Qon tomirlarini bo‘shashtiruvchi va arterial moslashuvchanlikni oshiruvchi aminokislotani o‘z ichiga oladi
  • Suli yormasi
    Tarkibida sistolik va diastolik qon bosimini tushiradigan tola mavjud.
  • Ayrim sabzavot va ko‘katlar
    Ya’ni: karam, arpabodiyon (ukrop), xantal ko‘katlar, ismaloq va lavlagi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu sabzavotlarning 1-2 porsiyasi qon bosimini 24 soat davomida normallashtirishi mumkin.
  • Chesnok
    Ushbu sabzavot azot oksidini ko‘proq ishlab chiqarishga yordam beradi. U o‘z navbatida mushaklarni bo‘shashtiradi va qon tomirlarini kengaytiradi. Undan tashqari tabiiy antibiotik va eng yaxshi zamburug‘larga qarshi vositadir.
  • Fermentlangan ovqatlar
    Yogurt, choy zamburug‘i, olma sirkasi – ushbu mahsulotlar probiotiklarga boy. O‘tkazilgan to‘qqiz ta tadqiqotlar, yuqori qon bosimi uchun foydali ekanligini ko‘rsatdi.
  • Yasmiq va boshqa dukkakli mahsulotlar
    2014 yilda olimlar sichqonlarda tadqiqot o‘tkazdi, unga ko‘ra sichqonlar ozuqasining 30 foizini dukkakli mahsulotlar tashkil etgan. Natijada kemiruvchilar arterial bosimi va xolesterin miqdori sezilarli darajada pasaygan.
  • Tabiiy yogurt
    Amerikalik tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, hech bo‘lmagada haftasiga besh martta yogurt iste’mol qilgan ayollarda gipertoniya kasalligi 20 foiz kamroq kuzatilgan.
  • Anor
    2012 yildagi tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga bir stakan anor suvini ichish, arterial bosimni bir oy davomida normallashtiradi, mualliflar buni anor tarkibidagi antiaksidantlar miqdori ko‘pligiga bog‘lashadi.
  • Yong‘oq
    Yong‘ok tarkibidagi yog‘lar stress holatida ham qon bosimni normal holatda saqlashga yordam beradi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share