Контентга ўтиш Skip to footer

Xolesistitni jarrohlik usulisiz davolash mumkin

O‘t pufagining yallig‘lanishi xolesistit deb atalib, noto‘g‘ri ovqatlanish, surunkali qabziyat, turli infeksion xastaliklar tufayli kelib chiqadi. O‘z vaqtida davolanmagan xolesistit surunkali turga o‘tadi va keyinchalik o‘t-tosh kasalligiga aylanib ketadi. Qorin dam bo‘lishi va qabziyat ham o‘t-tosh xastaligiga turtki beradi. Chunki bunday hollarda o‘t pufagida o‘t dimlanishi yuz berib, bora-bora o‘t xaltasida tosh yig‘ilishiga olib keladi. O‘t-tosh kasalligi kuchayganda faqat jarrohlik usuli qo‘llaniladi.

Xolesistitni davolashda makkajo‘xori popugi qo‘l keladi. Makkajo‘xori popugining 2 – 4 osh qoshig‘i bir yarim stakan qaynoq suvda yarim soat qaynatiladi (past olovda). Keyin doka yordamida suzib olinadi. Ushbu damlama har 3-4 soatda 2 osh qoshiqdan ichiladi.

Ibn Sino ermon (полынь горькая) o‘simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlamani o‘t pufagi kasalliklarida ichishni buyurgan. Damlama tayyorlash uchun ikki stakan qaynab turgan suv 1 choy qoshiq maydalangan ermon ustiga quyilib, og‘zi yopiq idishda dam yediriladi. So‘ng dokadan suzib olinadi. Tayyor darmondori kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.

O‘t pufagi xastalangan bemorlar na’matak, yong‘oq, limon, apelsin, karam, kartoshka, pomidor, shivit va kashnichni mumkin qadar ko‘proq iste’mol qilishlari maqsadga muvofiq.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share