Контентга ўтиш Skip to footer

Tumov qilsa xavotir, shifodir yerqalampir!

Kutilmaganda organizmingizga tumov hujum qilsa, zudlik bilan kasallikning avj olishiga qarshi kurashing. Bunda sizga yerqalampir (xren) qo‘l keladi.

Yerqalampirni qirg‘ichdan chiqarib, bosh uzra sochiq yopgan holda uni hidlang. Natija yanada samaraliroq bo‘lishi uchun qirg‘ichdan chiqarilgan yerqalampirni gardaningizga 30 daqiqaga qo‘ying.

Shuningdek, tumov vaqtida lavlagi va asaldan foydalanish ham kasallikni bartaraf etishda ko‘maklashadi. Pishmagan lavlagini qirg‘ichdan chiqarib, birga-bir nisbatan asal bilan aralashtiring.

So‘ngra ushbu darmondorini kuniga 3-4 mahal yarim stakandan iste’mol qilasiz. Yuqoridagi muolajalarni bajarish orqali tumov bilan bog‘liq xastalikni oson yengish mumkin.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share