Контентга ўтиш Skip to footer

Sut — yo‘talning ashaddiy dushmani!

Barchamizga ma’lumki, sut — yo‘talni davolovchi eng samarali vositalardan biri. U tomoq yallig‘lanishini bartaraf etadi va balg‘am ajralishiga yordam beradi. Yo‘tal tutgan paytda, sigir va echki sutlarini qaynatib, iliq holda ichish juda foydali.

Yo‘tal juda kuchaygan hollarda esa yarim litr sutga bir boshcha sarimsoq va 2 dona maydalangan piyoz qo‘shib, 10 daqiqa davomida qaynating. Hosil bo‘lgan suyuq bo‘tqaga yoqimli ta’m berish uchun ozroq asal qo‘shing va kuniga 1 osh qoshiqdan 4-5 mahal qabul qiling.

Shuningdek, iliq sut va saryog‘ ham quruq yo‘talni yumshatishga va tomoq qichishishini bartaraf etishga yordam beradi. Bir stakan sutga 50 gramm saryog‘ soling va uyqu oldidan mazza qilib ichib yoting. To‘g‘ri, bu hammaga ham yoqavermaydi, ammo bir qancha achchiq va boz ustiga narhi osmon kimyoviy dorilardan anchayin yaxshiroq.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share