Контентга ўтиш Skip to footer

Sirkali konfet nimalarga foydali?

Og‘ir mehnat yoki mashg‘ulotdan so‘ng yelka va qo‘l sohangizda og‘riq his qilishingiz tabiiy. Shunday paytda og‘riq bo‘lganida, 1 stakan iliq suvga 2-3 osh qoshiq sirka solib, shu suvda dokani ivitib, og‘riyotgan sohaga 20 daqiqa kompress qilib qo‘ysangiz og‘riq yo‘qoladi.

Hiqichoqda 1-2 tomchi sirka tomizilgan qandni shimib yursangiz, hiqichoqdan qutulasiz;

1 litr issiq suvga 3-4 osh qoshiq sirka solib, vanna qilinsa, oyoq zamburug‘i bartaraf etiladi;

Anginadan azob chekayotgan bo‘lsangiz, 1 stakan issiq suvga 1 choy qoshiq olma sirkasi solib, g‘arg‘ara qilsangiz, osongina davo topasiz;

Yozning issiq kunlarida terlamaslikning iloji yo‘q. Ter isi anqib turgan kiyimlarni 2 osh qoshiq sirka solingan suvda ivitib, 10 daqiqa o‘tgach yuvsangiz, noxush isdan asar ham qolmaydi;

Agar sho‘rvaga adashib ko‘p qalampir qo‘shib yuborgan bo‘lsangiz, ovqatga 1 choy qoshiq olma sirkasi qo‘shing, achchiqni kesadi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share