Контентга ўтиш Skip to footer

Semizlikning dushmani — limon!

Erta nahorda bir parrak limonni choyga solib ichsangiz, kayfiyatingiz ko‘tarilib, ishtahangiz ochiladi. Boisi, limon inson qon tomirlariga juda tez ta’sir ko‘rsatadi. Qon tomirining kengayib, me’yorda ishlashi kayfiyat ko‘tarilishiga turtki bo‘ladi.

Limonni ishlatishdan oldin qaynoq suvga botirib olsangiz, xushbo‘yligi ortib, mazasi yanada yaxshilanadi. Bu meva tanamizdagi ichki muhit reaksiyasini me’yorlashtiradi. U o‘z tarkibida askorbin kislotasi saqlovchi yetakchi o‘simliklardan biri sanaladi.

Diyetologlarning fikricha, bu vitamin ozish sur’atini oshiradi. Limon o‘z tarkibida sellyuloza saqlaydi, bu modda ovqat hazm qilish a’zolari ishini yaxshilaydi, tanani zararli moddalardan tozalaydi. Metabolizm tezlashishiga organik kislotalar yordam beradi. Limon o‘z tarkibida yog‘lar almashinuvi uchun zarur element – kalsiy saqlaydi.

Bu sitrus meva ish qobiliyatini oshiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, teri tonusini oshiradi. Limonni o‘tkir bosqichdagi nefrit, oshqozon yarasi kasalligi, pankreatit, gastrit zo‘riqqan paytda iste’mol qilish taqiqlanadi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share