Контентга ўтиш Skip to footer

Saharlik va iftorlik dasturxoningizda xurmo bo‘lishi shart, chunki…

Ramazon oyida deyarli har bir honadonda xurmo mevasi bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik saharlik va iftorlik chog‘larida nega aynan xurmo iste’mol qilinishi kerakligi sababini yaxshi bilmaydi.

Avvalo, bu organizm uchun nihoyatda foydali. Og‘iz ochish paytida qorin ochib, organizm ko‘p taom talab qilib turgan bir pallada, yengil va tez hazm bo‘luvchi xurmo iste’mol qilinsa, miyaga to‘qlik hissi yetib boradi. Shuningdek, unda kaliy miqdorining yuqoriligi bois, asabni ham tinchlantiradi. Bundan tashqari xurmoda Vitamin A, B-1,2,3,5,6,9, S, D, K, Kalsiy, temir, fosfor, ruh, natriy va marganes singari kompleks elementlar ham mavjud.

Xurmo cheksiz quvvat manbai bo‘lib, kun davomidagi charchoqni bartaraf etadi. Aytish joizki, ro‘zaning so‘nggi soatlarida ochlik tufayli qonda qand miqdori ko‘tariladi. Natijada insonda holsizlik, dangasalik, diqqatni jamlay olmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Xurmo esa, shirin bo‘lishiga qaramasdan, qondagi qand miqdorini pasaytiradi. Immunitetni ko‘taradi, yurak, jigar va o‘pka faoliyatini yaxshilaydi. Gipertoniya hamda anemiyada ham koni foyda. 1 donasi taxminan 23 kaloriyaga ega bo‘lgan xurmo mevasini ozish uchun shirinlik o‘rnida ham iste’mol qilish mumkin. Homilador va emizikli ayollar uchun eng yaxshi ozuqa manbai ham aynan xurmodir!

Payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V aytdilar: «Agar sizlardan birortangiz og‘iz ochadigan bo‘lsa, xurmo bilan og‘iz ochsin. Albatta u barakadir. Agar uni topa olmasa, suv bilan iftorlik qilsin. Chunki u poklovchidir». (Ahmad, Dorimiy rivoyati)

Aytish joizki, Nabiy S.A.V buyurgan har bir ishlarida hikmat va foyda mujassamdir!

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share