Контентга ўтиш Skip to footer

Siz ham isiriqdan foydalanasizmi?

Noyob shifobaxsh xususiyatlari tufayli mevalar immunitet tizimini Isiriq – isiriqdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simliklar turkumi. Xalq tabobatida isiriqdan juda ham ko‘p kasalliklarni davolashda qo‘llanib kelinadi. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino isiriqni kuymich asablari shamollaganida, tizza va suyaklar qaqshab og‘riganida, og‘riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan .

Endi esa qanday holatlarda isiriqdan foydalangan holatda darddan forig‘ bo‘lish mumkinligini birma-bir sanab o‘tamiz:

  • Isiriqdan kuchli siydik haydovchi omil sifatida foydalaniladi.
  • Isiriq o‘tini kuydirib, biroz hidlansa, bosh og‘rig‘i yo‘qoladi.
  • Isiriq urug‘i qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda, nafas qisishida zig‘ir urug‘i bilan bilan aralashtirib ichilsa, yuqoridagi dardlarga davo bo‘ladi.
  • Ich dam bo‘lganda isiriqga, petrushka urug‘ini hamda yalpiz, zanjabil kabilarni aralashtirilib ichilsa, shifo bo‘ladi.
  • Yurak faoliyatini yaxshilash maqsadida isiriq urug‘i, sedana, kamfora, murch, petrushka, qora zira, zafaron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Hamda asal yoki shakar qo‘shilib, kuniga bir mahal ichiladi.
  • Tish og‘rig‘i, terlatuvchi, grippni oldini oluvchi, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolovchi xususiyatlari ham mavjud.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share