Контентга ўтиш Skip to footer

Zig’ir yog’i

35000 UZS

Bo'lim: Tag: , Mahsulot identifikatori.13599

Tasnif

Zig‘ir o’simligi.

O‘simlikning nomi. Zig‘ir – Lnyanoye maslo; zig‘irdoshlar – oilasiga kiradi.
Bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, ingichka, silindrsimon, yuqori qismi shoxlangan. Bargi lansetsimon yoki chiziksimon, o‘tkir uchli, tekis qirralibo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Gullari poya va shoxlari uchida bo‘ladi. Kosacha bargi, tojbargi hamda changchisi (otaligi) beshtadan, onalik tuguni esa beshxonali, yuqoriga joylashgan. Tojbargi zangori, tomiri esa changchi ipiga o‘xshab, binafsha rangga bo‘yalgan. Mevasi – 10 urug‘li, yumaloq, quruk qo‘sakcha.Iyun-avgust oylarida gullaydi.Ekiladigan zigir bir necha xil bo‘lib, uzun tolali hamda sershoxlisi ahamiyatli hisoblanadi. Uzun tolali zig‘ir asosan tola, sershoxlisi esa moy olish uchunekiladi. O‘zun tolali zig‘irning balandligi 60120sm bo‘lib, poyasi ko‘p shox chiqarmaydi, ko‘saklari pishganda ochilmaydi. Sershox zig‘ir-ning balandligi 30 – 50 sm bo‘lib, ko‘saklari pishganda ochiladi.

Zig‘ir yog‘i tarkibi.

Zig‘ir yog‘i tarkibi o’ziga xosdir. Misol uchun: inson tanasi uchun xos bo’lgan omega-3 kabi kompanentlar mashhur baliq yog‘idan ham ko’p. Biron bir tabiiy mahsulotarda omega-3 aralashmasi bu darajada yo’q. Bundan tashqari, zig‘ir yog‘ida boshqa yog‘ kislotalari ham mavjud. Ushbu moddalarning bunday brikmasi yog‘ni yana-da noyob va foydaliroq qiladi.
Bu o’simlik yog‘idagi yog‘ kislotalaridan tashqari vitaminlarga ham boydir. Vitaminlar ko’p bo’lmasa ham, lekin inson organizmi uchun foydali va muhimdir. Bu vitaminlar A vitamin iva E vitamini V guruhi vitaminlari, yana K vitaminidir.

Zig‘ir yog‘i foydasi.

Zig‘ir yogi ko’p vitaminlarga boy ayniqsa omega – 3 ko’pligi uchun ajralib turadi. Zig‘ir yog‘in doimiy istemol qilish tananing to’liq ishlashig yordam beradi barcha ichki organlarni ishlashin yaxshilaydi, o’smalar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi, immunitetni mustahkamlaydi, viruslarga va infeksiyalar zamburug‘li kasalliklani oldini olishga yordam beradi.

 

Zig‘ir yog‘ini och qorinda ichganda foydasi;

  • Oshqozon ichchak ishini yaxshilaydi, ich qotishin yaxshilaydi;
  • Teri, soch, tirnoqlarni holatini yaxshilaydi;
  • Garmonal fonni barqarorlashtiradi;
  • Xolestirinni pasaytiradi;
  • Shishlarni yo’qotadi;

Zig‘ir yog‘ini ozish uchun qanday foydasi bor;

  • Ishtahani pasaytiradi ;
  • Ichni suradi;
  • Terin holatini yaxshilaydi tez ajin tushishini oldini oladi;
  • Organizmni tozalaydi;
  • Organizmga kerakli kislotalarni beradi;

Zig‘ir yog‘in ertalab och qorinda iliq suv bilan ichish kerak. Ozish uchun har kuni 2 – osh qoshig‘ida ichiladi.

Undan tashqari:

  • aterosklerozning oldini olish uchun xizmat qiladi;
  • qon tomirlarida xolesterin kafti shakllanishiga to‘sqinlik qiladi;
  • lipid almashinuvini normallashtiradi;
  • gipertenziya, yurak xuruji, qon tomir xavfini kamaytiradi;
  • ovqat hazm qilish trakti faoliyatini yaxshilaydi;
  • biliar tizimni rag‘batlantiradi, o‘t pufagi funksiyasini yaxshilaydi;
  • gormonal muvozanatni tiklashga yordam beradi;
  • xabis jarayonlarni boshlashi yerkin radikallarning shakllanishini oldini oladi;
  • yoshlakni saqlab qolish, teri va soch holatini yaxshilash uchun yordam beradi;
  • immun tizimini mustahkamlaydi.

Zig‘ir urug‘i yog‘i stressga qarshilikni oshiradi, asab tizimini mustahkamlaydi, depressiv holatlarga qarshi kurashadi, shuningdek keksalikka qadar ruhiy ravshanlik va yaxshi xotirani saqlashga yordam beradi.

Qo‘llash mumkin bo’lmagan holatlar :

  • O‘t pufagi toshi, pankreatit kabi kasallik bilan og‘riganlar;
  • Qon ivishining buzilishi;
  • Alergiyasi borlar;
  • Garmonalniy o’zgarishlar;
  • O’t fufagiga toshi borlar;
  • Saraton kasalligi;

Saqlash muddati:

Ochilmagan xolatda 24 oygacha, ochilgandan so‘ng muzlatgichda 3-5 xafta

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Zig’ir yog’i&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.