Контентга ўтиш Skip to footer

Zaytun yog‘i

35000 UZS

Bo'lim: Tag: , Mahsulot identifikatori.13609

Tasnif

Muntazam zaytun yog‘i isteʼmol qiluvchi kishilar yurak, qon-tomir kasalliklariga duchor bo‘lmasliklari ilmiy tarafdan isbotlangan. Mevasi yog‘ga boy, turli navlariga qarab, ulardan 50% dan 80%gacha yog‘ olish mumkin. Mevasi oqsil, pektin, qand moddalari va vitaminlarga boyyu Unda V, S, R – aktiv katexinlar, kaliy, fosfor, temir tuzlari va boshqa moddalar mavjud. Bundan tashqari uglevodlar, fenolkarbon kislotalar, pektin moddalari, triterpen saponinlari borligi aniqlangan.

Zaytunning yog‘i daraxt mevasi asosiy mahsuloti bo‘lib, asosan shu maqsadda ekib yetishtiriladi. Lekin mevalari ham konserva sanoatida keng isteʼmol qilinib, yashil mevalari konservalanadi. Qora mevalaridan tuzlama tayyorlanadi. Ushbu yog‘ oshqozonda yengil hazm bo‘luvchi yog‘dir.

Zaytun yog‘i bolalarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi va yoshi ulug‘larning erta qarishi oldini oladi. Uning xushbo‘y hidi ishtahani ochadi, shu sababdan turli salatlarga qo‘shiladi.

Qonning quyuqlashishi va tomirlarning qotib qolishining ham oldini oluvchi mislsiz vositalardan biri zaytun yog‘idir. Jigar faoliyatini yaxshilaydi, safro yo‘llarini faollashtiradi, oshqozon meʼyoridan yuqori kislotaliligining oldini olib, yara paydo bo‘lmasligini taʼminlaydi.

Milk, teri va allergik kasalliklarni davolashda ham foydalidir. Zaytun yog‘i D vitaminga boy, shu sababli raxit va boldir suyaklarning qiyshiq o‘sishini davolashda foyda beradi. Quyosh nuridan mahrum, qorong‘i xonalarda yashovchilarga foydalidir.

Zaytun yog‘i tarkibida A, E, D va K vitaminlari inson suyagini mustahkamlaydi, ichak faoliyatini yaxshilaydi. Zaytundan olinadigan yog‘ yuqori arterial qon bosmini normallashtiradi. Zaytun yog‘i tanasiga to‘liq singadi. Qadimgi greklar har tomonlama baquvvat bo‘lish uchun har kuni ertalab bir qoshiq zaytun yog‘i ichib, ortidan bir qoshiq asal isteʼmol qilganlar. Bu usul erkaklik quvvatini oshishiga ham samarali taʼsir etadi.

Foydaligi:

  • Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
  • Qon tuzsizlanishini oldini oladi va tomirlar orqali uning harakatini tezlashtiradi.
  • Yuqori bosimni tushirishda yordamchi vazifasini bajaradi.
  • “Yaxshi xolesterin” darajasini oshiradi.
  • Semirishni oldini oladi.
  • Saraton kasalligining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
  • Yallig‘lanish, yuqumli kasalliklar kelib chiqishining oldini oladi.
  • Ichak faoliyatini tartibga soladi va tanadan toksinlar tez olib tashlaydi.
  • Meʼda shirasi / kislota miqdorini kamaytiradi; oshqozon va umuman tananing eng yaxshi so‘rilgan yog‘idir.
  • Ovqat hazm bo‘lishini osonlashtiradi, ichakdagi qimmatli moddalarning so‘rilishini taʼminlaydi.
  • Assimilyatsiya / hazm qilish uchun zarur bo‘lgan o‘n ikki barmoqli ichakka safro oqimini tezlashtiradi.
  • Safro va o‘t yo‘llarida paydo bo‘lgan tosh shakllanishi yehtimolini kamaytiradi.
  • Ye vitaminining ko‘payishi tufayli miya hujayralari va suyak to‘qimalarining qarish jarayonini sekinlashtiradi.
  • Vitaminlar va minerallarning tarkibi tufayli u suyaklarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi, shu bilan keksalarda suyak to‘qimasini yo‘q qilishni oldini oladi.
  • Revmatik taʼsirga ega va osteoporozning oldini oladi.
  • Teri yallig‘lanishi va kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
  • Soch kuchini qo‘llab-quvvatlaydi.
  • Mushak kuchini qo‘llab-quvvatlaydi.

Zaytun yog‘i tarkibida Omega-9 kislotasining yuqori miqdorda bo‘lganligi tufayli bu yog‘ni ortiqcha isteʼmol qilish quyidagi kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin:

  • Ateroskleroz;
  • Semirish;
  • Yurak xastaligi;
  • Ko‘krak va yo‘g‘on ichakning xavfli o‘simtasi.

Saqlash muddati: 24 oy

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Zaytun yog‘i&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.