Контентга ўтиш Skip to footer

Olma sirkasi

30000 UZS

Bo'lim: Tag: Mahsulot identifikatori.13636

Tasnif

Tarkibi:

Olmada S, V1, V2, R, E, A vitaminlari, kaliy, marganes va temir moddalari ko‘p miqdorda mavjud. S va V vitaminlari barcha aʼzolarda modda almashinuvini yaxshilaydi. R va E darmondorilari organizmni yoshartirib, teri va to‘qimalar holatini tiklaydi. Kaliy moddasi arterial qon bosimini meʼyorlashtirishi, tish emali va suyak to‘qimalarini mustahkamlashi tadqiqotlarda ko‘p bora o‘z isbotini topgan. Olma tarkibidagi pektin esa organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuborishga ko‘maklashadi, shuningdek, qandli diabet kasalligidan uzoqlashtiradi. Bu modda yana yuz terisining tarang va tiniq bo‘lishini taʼminlaydi.

Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha Britaniya mutaxassislari olma sirkasini muntazam isteʼmol qilish infarkt va insult kabi og‘ir kasalliklarga chalinish xavfini sezilarli ravishda pasaytirishini aniqlashdi. Birmingemdagi Aston universiteti olimlari 30 ml olma sirkasini bir stakan (200 ml) suvda aralashtirib, ovqatlanishdan oldin muntazam ichib borishni tavsiya etishmoqda. Bu yo‘l bilan qondagi xolesterin miqdori 13% ga kamayadi. Bu ko‘rsatgich insonda yurak-qon tomirlari kasalliklari kelib chiqishi ehtimoli bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Olma sirkasi nafaqat insult va infarkt kelib chiqishining oldini oladi, u shuningdek, butun inson organizmida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi: bu tabiiy mahsulot inson vazni kamayishiga – kishining ozishiga sabab bo‘ladi, artritdan paydo bo‘lgan og‘riqni yengillashtiradi va hatto terini turli xil dog‘lardan tozalaydi.

Lekin badanida mavjud bo‘lgan yuqori miqdordagi xolesteringa qarshi dori-darmon isteʼmol qilib yurgan kishilarga sirkaning foydasiga ishonib, tabletkalar isteʼmol qilishni to‘xtatish tavsiya etilmaydi. Bu dori emas, kasalliklar oldini olishda qo‘shimcha tabiiy vositadir, deb taʼkidlaydi mutaxassislar.

Foydaligi:

  • Olma sirkasi tarkibidagi yetarli miqdorda kaliy va magniy mavjudligi tufayli yurakni mustahkamlashga va uning mushak tonusini saqlab qolishga yordam beradi.
  • Olma sirkasi asab kasalliklarini, depressiyani, uyqusizlikni oldini olib, asab tizimini tiklaydi va mustahkamlaydi, tanaga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
  • Ushbu mahsulot viruslar va bakteriyalarga iarshi kurashib, immunitetni kuchaytiradi va tabiiy antiseptik hisoblanadi.
  • Olma sirkasi taʼsiri natijasida immun tizimi stafilokokk, streptokokk, pnevmokokklarga qarshi himoya funksiyasini faollashtiradi.
  • Olma sirkasi anti-glisemik xususiyatlari qonda shakar darajasini nazorat qilishda yordam beradi.
  • Olma sirkasi qon tomirlarini mustahkamlaydi, qon oqimini yaxshilaydi, shishishni kamaytiradi va varikoz tomirlarini oldini oladi.
  • Ovqat hazm qilish trakti tartibga soladi, ich qotishda yerdam beradi.
  • Suyultirilgan olma sirkasi ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtirishga yordam beradi, oshqozon va ko‘ngil aynishida og‘irlik alomatlarini yo‘q qiladi.

Kilogramm yo‘qotishni istaganlar diyetada olma sirkasini ishlatishadi, chunki u metabolizmni normallashtirishga yordam beradi, tezda yog‘larni parchalaydi, shuningdek ochlik xissini kamaytiradi va tana vaznini sezilarli darajada kamaytiradi.

Olma sirkasi odam teri uchun samarali vosita

Mumkin bo‘lgan asoratlar odatda oshqozonda og‘riqlar va diareya kelib chiqishi mumkin, juda ko‘p olma sirkasini isteʼmol qilganda oshqozon shilliq qavatida eroziyasiga olib kelishi mumkin.

Saqlash muddati: cheklanmagan

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Olma sirkasi&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.