Контентга ўтиш Skip to footer

O‘sha kundan buyon oshqovoqni yaxshi ko‘raman

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir tikuvchi Rasululloh sollallohy alayhi vasallamni o‘zi tayyorlagan taomga taklif qildi. Men ham bordim. U non bilan qovoq va sur go‘sht solingan sho‘rva keltirdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning yog‘och tovoqning har yer‑har yeridan qovoqni terib yeyayotganlarini ko‘rdim. O‘sha kundan beri qovoqni yaxshi ko‘raman»
Beshovlari rivoyat qilganlar.

Sharh: … U zot oshqovoqni nixoyatda yaxshi ko‘rganlari uchun, xamdasturxonlari bu tasarrufni ko‘targanlari uchun shunday qilganlar. Hazrati Anas roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oshqovoqni yaxshi ko‘rishlarini shundan bilib olib, o‘zlari ham ushbu taomni yaxshi ko‘rib qolganlar.
«O‘sha kundan buyon oshqovoqni yaxshi ko‘raman».
Bu ish sahobalarning Payg‘ambar (s.a.v.)ga ergashish borasida qanchalar g‘ayratli ekanliklarini ko‘rsatadi.

Manba: “Hadis va hayot” 16-juz

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share