Контентга ўтиш Skip to footer

Olma sirkasining xususiyatlari

Rasululloh (s.a.v): “Sirka naqadar ajoyib nonxurushdir. Alloh sirkaga baraka bersin! U mendan avvalgi payg‘ambarlarning ham yeguligi edi. Sirka bor uyda boshqa nonxurushga ehtiyoj bo‘lmas”, deganlar (Ibn Moja rivoyati).

Bu moʻjizaviy ne’mat bundan o‘n ming yil oldin ham bo‘lgani ta’kidlanadi. Uni bobilliklar kashf etishgan. Gippokrat sirkani dori sifatida ishlatgan. Hozir bir qancha meva, o‘simliklardan sirka olinadi. Ularning eng yaxshisi olma sirkasi sanaladi. Ishtaha ochish uchun salat va tuzlamalar tayyorlashda qo‘llanadi.

Olma sirkasining yana quyidagi xususiyatlari bor:

  • Ko‘kat va mevalar sirka suvida yuvilgani foydali;
  • Unitaz, vannaga o‘rnagan dog‘larni sirka bilan tozalash mumkin;
  • Tomoq og‘riganda sirka bilan g‘arg‘ara qilinsa, naf beradi;
  • Toshmalar, yaralarga sirka surtilsa, qichishishni to‘xtatib, yarani tezda bitiradi;
  • Qattiq charchoq va uyqusizlikda sirkali suv ichilsa, tinchlantiradi;
  • Ustiga sirkaga bo‘ktirilgan non qo‘yilsa, so‘gal to‘kiladi;
  • Sirka qo‘shilgan suvda yuvinish taniga mayinlik, tiniqlik baxsh etadi;
  • Asalli sirka suvi ozishda yordam beradi;
  • Oynalar yarqirashi uchun iliq suvga sirka qo‘shib artiladi;
  • Archilgan kartoshka qorayib qolmasligi uchun sirkali suvga solib qo‘yiladi;
  • Pishloqni yaxshi saqlash uchun sirka bilan namlangan dokaga o‘raladi;
  • Qo‘lga o‘rnab qolgan piyoz hidini sirka bilan ketkazish mumkin;
  • Sirka bilan namlangan dokada artilsa, gilamning yorqinligi ortadi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share