Контентга ўтиш Skip to footer

Och qoringa suv ichishning siri nimada?

Agar siz har kuni tongni och qoringa bir stakan suv bilan boshlasangiz, tanangizda nimalar ro‘y beradi? Ushbu oddiy ritual kuchli ta’sirga ega bo‘lishi mumkinmi? Har kuni ertalab och qoringa suv ichilsa:

  • Organizm shlaklar va toksinlardan xalos bo‘ladi;
  • Moddalar almashinuvi yaxshilanadi va tana vazni kamayadi;
  • Immunitet tizimi yaxshilanadi;
  • Buyrak va siydik tizimi kasalliklarining oldi olinadi;
  • Kayfiyat ko‘tariladi;
  • Teri elastik, soch esa mustahkam bo‘ladi.

Suvni to‘g‘ri ichish muhim!

Dietologlar har kuni uyg‘ongandan so‘ng, ya’ni och qoringa bir stakan suv ichishni maslahat berishadi. Ushbu odat gipertoniya, shish va buyrak muammosi bor insonlarga tavsiya etilmaydi. Ammo ko‘pchilik uchun har kuni bir stakan suv ichish mutlaqo zararsiz va faqat ijobiy ta’sirga ega. Albatta, agar siz bir necha oddiy qoidalarga amal qilsangiz:

  • uyg‘ongandan so‘ng 10 daqiqa ichida bir stakan suv iching!
  • suv gazlanmagan, qaynatilmagan bo‘lishi kerak. Filtrlangan, qadoqlangan, chashma suvini ichish mumkin.
  • bir stakan suv ichganingizdan so‘ng, albatta nonushta qilishingiz kerak, ammo suv ichish va nonushta qilish o‘rtasida kamida yarim soat farq bo‘lishi kerak.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share