Контентга ўтиш Skip to footer

Lavr bargi saratonning oldini oladi

Dafna bargi qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lgan, 100 yildan 400 yilgacha umr ko‘ruvchi daraxtning ziravoridir. Bundan tashqari, lavr yaprog‘i dunyoning ko‘plab mamlakatlarida xalq tabobatida ishlatiladi.

Dafna bargida ko‘plab foydali komponentlar mavjud. Masalan, V guruhi vitaminlari (V1, V2, V6, V9), A va S vitaminlari, shuningdek tarkibida kalsiy, kaliy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, marganes, selen, tanin mavjud.

Antik davrda dafna yaprog‘i muqaddas hisoblangan. Qahramonlar, sportchilar va imperatorlarning boshlari undan tayyorlangan gulchambarlar bilan bezatilgan. O‘rta asrlarda dafna barglari yovuzlik va chaqmoqqa qarshi vosita sifatida ishlatilgan. Afsonalarga ko‘ra, agar hamyoningizda lavr yaprog‘i bo‘lsa, oilangiz doimo badavlat bo‘ladi degan tushuncha bo‘lgan.

Xalq tabobatida artrit va artrozga qarshi dafna barglaridan kompresslar, malham va damlamalar ishlatiladi. Moskva davlat tibbiyot universiteti Molekulyar va hujayrali biologiya laboratoriyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, dafna yaprog‘ida odamning og‘riq reseptorlariga ta’sir etuvchi moddalar mavjud. Dafna yaprog‘i foydali xususiyatlari tufayli organizmda yallig‘lanishga qarshi kurashadi va diuretik ta’sir ko‘rsatadi, ortiqcha suyuqlikni olib tashlash va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Shuningdek, u immunitetni oshiradi. Ziravor erkaklarda quvvatni oshirishi va ayollarda hayz paytida og‘riqni kamaytirishi mumkinligi ham isbotlangan. Dafnaning eng katta foydasi bu uning organizmda rivojlanayotgan sataronga qarshi kurasha olishidir.

Uning zararini ham unutmasligimiz zarur. Dafna barglaridan ko‘p miqdorda foydalanish tanaga zarar yetkazishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • yurak va qon-tomir kasalliklari;
  • ich qotishi;
  • oshqozon yarasi;
  • allergik reaksiyalar;
  • buyrak va jigar kasalliklari.

Mahsulotni haddan tashqari iste’mol qilish zaharlanishga olib kelishi mumkin, shuning uchun har qanday dafna barglari mahsulotlarini faqat shifokor bilan maslahatlashganidan keyin olish mumkin.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share