Контентга ўтиш Skip to footer

Jigar uchun eng yaxshi ozuqa

Dunyoga mashhur Mayo klinikasi ma’lumotlariga ko‘ra, jigar muammolari turli xil irsiy patologiyalar, virus va kimyoviy moddalar bilan aloqa qilishdan kelib chiqadi. Jigarga e’tiborsizlik semirish, yurak-qon tomir kasalligi, surunkali charchoq sindromi, bosh og‘rig‘i, ovqat hazm qilish muammolari, allergiya va boshqa ko‘plab kasalliklarga olib kelishi mumkin. Tamaki, alkogol, kofe, shakarni ortiqcha iste’mol qilish jigar faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.

Ayrim mahsulotlar borki, ular jigar faoliyatini tiklashga yordam beradi…

  • Sarimsoq tanani toksinlardan xalos qiluvchi fermentlarni faollashtirishga yordam beradi. Sarimsoq allisin i selenga boy, jigarni davolashda tabiiy yordamchilardan hisoblanadi.
  • Greypfrut jigaringizni kanserogen moddalar va toksinlardan xalos qiladi. Ushbu meva shuningdek S vitamini va antioksidantlarga boy.
  • Lavlagi jigar faoliyatini yaxshilaydigan o‘simlik flavonoidlariga boy.
  • Ismaloq salat bargi kabi ko‘katlar oziq-ovqat tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan metall, kimyoviy modda va pestisidlarni zararsizlantirishi mumkin. Ular jigarni shikastlanishdan himoya qiladi.
  • Ko‘k choy antioksidant – katexinlarga boy. Ular jigar faoliyatini yaxshilash uchun juda foydali.
  • Brokkoli yoki Bryussel karami kabi krest guldoshlar oilasiga mansub sabzavotlar qondagi glyukozinolat (maxsus organik birikmalar) konsentrasiyasini oshiradi.
  • Biz hammamiz bilamizki, sitrus mevalar S vitaminiga boy, ayniqsa, limon tanani toksinlardan tozalashda va ovqat hazm qilishda faol ishtirok etadi.
  • Yong‘oq tarkibida glutation va omega-3 yog‘ kislotalari ko‘p bo‘lib, ular jigarimizni zararli toksinlar, og‘ir metallar va boshqa chiqindilarni qondan tozalashga yordam beradi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share