Контентга ўтиш Skip to footer

Immunitetni ko‘tarish yo‘llari

Immunitet mustahkamligi bizni barcha kasalliklardan hattoki koronavirusdan ham himoyalaydi. Lekin u o‘zgaruvchan bo‘ladi va immun tizimimiz pasayayotganini vaqtida payqash keyingi hastaliklardan bizni asraydi.

Tez charchab qolish, et uvushishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, mushak hamda bo‘g‘imlar zirqirashi immunitet susayganining ilk alomatlaridan. Tez-tez shamollayversangiz yoxud labingizga uchuq toshaversa, beparvo bo‘lmang. Immuniteti past kishilarning terisi sho‘ralaydigan, yuz rangi zaxil, tirnoqlari mo‘rt, sochlari nursiz bo‘lib qoladi. Organizmning himoya kuchi zaiflashsa, boshqa dardlarga ham yo‘l ochiladi. Quyida immun tizimini ko‘taradigan usullarga to‘xtalamiz:

  • 100 gramm na’matak mevalarini 1 litr qaynagan suvda 1 kun damlab qo‘ying. So‘ng suzib, ertalab va kechqurun yarim stakandan ichasiz. Bu damlama chidamlilikni oshiradi.
  • Zanjabil (imbir) ildizini tozalab, mayda qirg‘ichdan o‘tkazing va 1 osh qoshig‘i ustidan 1 litr qaynoq suv quying. Biroz sovigach, mayda to‘g‘ralgan limon (po‘stlog‘i bilan) va ta’bga ko‘ra asal qo‘shiladi. Ushbu damlama immunitetni mustahkamlab, har xil shamollashning oldini olishga ko‘maklashadi.
  • Uxlashdan oldin 1 stakan iliq sutga 10 tomchi sarimsoq suvini aralashtirib iste’mol qiling. U nafaqat infeksion kasalliklar bilan kurashish, balki organizmdan turli gijjalarni chiqarishda ham samarali vositadir.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share