Контентга ўтиш Skip to footer

Ibn Sino tabobati: Seldereyning siz bilmagan xususiyatlari

Tib ilmining sultoni, bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino seldereyning ildizi va urug‘idan asab tolalarining shamollashida, jigar va taloqdagi tiqinlarni ochishda, peshob haydashda, tana quvvatini oshirishda, turli shishlarni yo‘qotishda, tanani qizdirishda, og‘riq qoldirishda, nafas qisishida va ko‘kraklardagi og‘riqlarni qoldirishda foydalanganlar. Shuningdek, ibn Sino kitoblarida yozilishicha, mazkur dorivor o‘simlik qorin dam bo‘lganida samarali yordam berish barobarida, ayollarda hayzni o‘z vaqtida keltirishda ham ayni muddao bo‘ladi.

Bundan tashqari, selderey taomga qo‘shib iste’mol qilinsa, ishtahani ochib, kekirishda yaxshi yordam beradi, deb ta’kidlaydi alloma o‘z asarida.

Xalq tabobatida seldereyning bargi va ildizidan tayyorlangan dorilar me’da-ichak kasalliklarida, jumladan, qorin dam bo‘lishida va qabziyatda yaxshi ta’sir qiladi.

Dorivorlik xususiyati qadimdan ma’lum bo‘lganligi uchun ham undan teridagi yaralarni tez bitirishda, yiringni tozalashda, temiratki va boshqa ko‘pgina teri kasalliklarida foydalaniladi.

Seldereyning yangi kovlab olingan ildizini tozalab, siqib suvi olinadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan 30-40 daqiqa oldin 1-2 choy qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.

Shuningdek, yunonlar qadimda go‘shtga aynimasligi uchun selderey aralashtirib qo‘yishgan. Uning ildizi hamda poyasini sho‘rvaga va boshqa ovqatlarga ishlatishgan.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share