Контентга ўтиш Skip to footer

Ibn Sino tabobati: odamgiyohning foydasi

Tibbiyot asoschisi bo‘lmish Abu Ali ibn Sino odamgiyoh (женьшень)dan holsizlik bilan kurashish, organizmni qo‘shimcha quvvat bilan ta’minlash maqsadida xalq tabobatida keng foydalangan.

Tarkibida mavjud bo‘lgan bir qancha foydali kimyoviy moddalar sababidan jenshen qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llangan. O‘simlik ildizida alkaloidlar, turli shiralar, S vitamini, oltingugurt va fosfor, xushbo‘y moddalar, shuningdek, mikro- va makroelementlar bor.

O‘simlik inson organizmiga tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Jenshen kishida ishchanlik qobiliyatini kuchaytiradi, o‘t moddasini organizmdan chiqarib yuboradi, o‘pkada gaz almashinuvini yaxshilaydi. Jenshenning shifobaxsh ta’siri natijasida kishida arterial qon bosimi me’yoriga keladi, endokrin tizimi ish faoliyati kuchayadi, qon tarkibida qand moddasi miqdori pasayadi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share