Контентга ўтиш Skip to footer

Ibn Sino tabobati: Kuygan a’zolarga bargizub shifo bo‘ladi

Bargizub o‘simligining shifosi haqida tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida ko‘p misollar keltirgan. Quyida shulardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Bargizubning bir nechta turdagilari mavjud bo‘lib, eng foydali xili katta barglisidir. U qon ketishini to‘xtatadi, eski va yangi yaralarni bitirishda undan yaxshi dorini topa olmaysiz.

Shuningdek, bargizub yaprog‘i shishlar paydo bo‘lgan va olovdan kuygan a’zolarga qo‘yilsa, muammodan tez va osongina xalos bo‘lish mumkin.

Ichaklardagi yaralarga va safroli ich ketishiga koni foyda bo‘lgan bargizub qaynatmasi bilan og‘iz chayilsa, tish og‘rig‘ini darhol to‘xtatadi.

Bargizub yaralarni davolashda ham nihoyatda foydali giyoh, ayniqsa, og‘iz bo‘shlig‘idagi yaralarni ketkazishda unga teng keladigani yo‘q. Bundan tashqari, u bavosir oqibatidagi qon ketishini ham to‘xtatadi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share