Контентга ўтиш Skip to footer

Ibn Sino tabobati: Buyrakdagi toshlarni parchalovchi sehrli giyoh

Buyrak va peshob yo‘li kasalliklari hayotimiz davomida bizni tez-tez bezovta qilib turadi. Quyida tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning aynan shunday kasalliklar bo‘yicha bergan bir nechta qimmatli tavsiyalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Tog‘ petrushkasining urug‘i, yovvoyi sabzi urug‘i, yovvoyi shivit ildizi va qaynatilgan turp suvi kuchli peshob haydovchi vositalar bo‘lib, qovuq hamda buyrakdagi muammolar sabab siydik yurishmaganda tavsiya etiladi. Agar bemor yosh bola bo‘lsa, ularni ona sutiga qo‘shib ichirish kerak. Shuningdek, emizikli onaning o‘ziga ichirish bilan ham bu muammoni bartaraf etish mumkin.

Bilasizmi, mumiyo ham siydik yo‘lidagi va qovuqdagi yaralarda nihoyatda foydali ekan. Buning uchun mumiyoning bir bo‘lagi sut bilan birga ichilishi kerak. Agar unga ozroq un qo‘shib, orqa teshikka qo‘yilsa, siydikni ushlab turolmaslikka ham davo bo‘ladi.

Ibn Sino bobomiz dalachoy o‘simligidan ham siydik haydovchi, buyrak toshini maydalovchi, qon to‘xtatuvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida unumli foydalangan ekanlar.

Buning uchun og‘zi yopiladigan idishga bir stakan qaynoq suv quyib, ustiga o‘simlikning maydalangan yer ustki qismidan 15 g solib, 10 daqiqa qaynatiladi. Qaynatma sovugach, dokadan o‘tkaziladi va kuniga 2 – 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin, ikki osh qoshiqdan ichish tavsiya etiladi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share