Контентга ўтиш Skip to footer

Ibn Sino tabobati: Buyrakdagi toshlar va peshob haydash xususiyatiga ega tabiiy vositalar

Qovuq kasalligi bosh miya bilan hamkor xastalik bo‘lib, bosh og‘rig‘i va aylanishi holatlari bilan kechadi. Unga buyrak xastaligiga qarshi ishlatiladigan dorilar yaxshi ta’sir qiladi. Shu sababli bemorlarga peshob haydovchi malhamlar buyuriladi.

Bodringning mevasi va urug‘i yaxshigina peshob haydash xususiyatiga ega bo‘lib, peshob yo‘llaridagi tosh va qumlarni chiqarib yuboradi. Isitmani tushirishga ham ko‘maklashadi.

Tog‘ petrushkasining urug‘i, yovvoyi sabzi urug‘i, yovvoyi shivit (ukrop) ildizi va urug‘i hamda qaynatilgan turp suvi kuchli peshob haydovchi vositalar bo‘lib, peshob yo‘llari va buyrakdagi muammolar sababli siydik yurishmaganda nihoyatda foydalidir.

Sedana damlamasiga asal qo‘shib ichilsa, peshob yo‘llaridagi toshni maydalaydi. Damlama tayyorlash uchun yarim litrli choynakka 1 choy qoshiq qora yoki ko‘k choy, 25 – 35 dona sedana solib, ustiga qaynoq suv quyiladi va 3-4 daqiqa damlanadi. Unga asal qo‘shish damlamaning foydali xususiyatini yanada oshiradi.

Shuningdek, behining tabiiy sharbati siydik yo‘liga tomizilsa, peshobning achishib tushishida yaxshigina yordam beradi.

Bundan tashqari, siydik yo‘lidagi va qovuqdagi yaralarga mumiyo ham nihoyatda foydali. Buning uchun bir bo‘lak mumiyoni sut bilan birga ichish kifoya.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share