Контентга ўтиш Skip to footer

Ibn Sino tabobati: bir behida yuz davo

Xalq tabobatida behining o‘z o‘rni mavjud. Ibn Sino ham bu mevadan bir qator kasalliklarni davolashda foydalangan.

Ovqatlanish oldidan ishtahasizlikda, asosan ayollarning qon ketish kasalliklarida 10 gramm quritilgan behiga 100 gramm qaynoq suv qo‘shib, undan 1 osh qoshiqdan ichish yaxshi natija beradi. Qirg‘ichdan o‘tkazib, suvda qaynatib pishirilgan behi mevasini jigar kasalliklari va ko‘ngil aynish, qayd qilishni oldini olishda iste’mol qilish foydalidir.

Behining yangi pishgan mevasi va sharbati kamqonlikda, ich ketish va qon ketish bilan bog‘liq me’da-oshqozon yo‘llari kasalliklarida, peshob haydovchi vosita sifatida va yurak-qon tomir kasalliklarida iste’mol qilish tavsiya etiladi va bu yaxshi natija beradi.

Behi mevasidan damlama tayyorlab ichish kamqonlilikda tavsiya etiladi. Uni tayyorlash uchun behini kichik bo‘laklarga bo‘linadi, idishga solib, ustidan suv quyib yumshagunicha qaynatiladi, siqib olingan sharbatini damlama shakliga kelib, quyuqlashguncha qaynatiladi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share