Контентга ўтиш Skip to footer

Ibn Sino tabobati: Baliqning qaysi turi quturish kasalligidan saqlaydi?

Kuz — ayni baliqxo‘rlik mavsumi. Albatta baliq tanlashning ham o‘ziga yarasha qonun qoidalari mavjud. Agar siz bu borada tajribaga ega bo‘lmasangiz, tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sinoning qimmatli maslahatlaridan baxramand bo‘ling.

Tanasi jihatdan baliqning eng yaxshisi juda ham katta emasidir. Uning go‘shti qattiq ham, quruq ham, yog‘li ham bo‘lmasligi, pishirganda uvalanib tushadigani yaxshi. Baliqning yog‘i haddan tashqari mo‘li ham ko‘p g‘alizliklarni keltirib chiqaradi.

Baliq yeganda tanamga darmon bo‘lsin desangiz, uni qaynab turgan suvga solib, sho‘rva qilib yeng! Bu eng foydali usul. Undan keyingi o‘rinda tovada yog‘ bilan pishirilgani turadi. Qovurilgan baliqning oziqligi ko‘proq va me’dadan tushishi sekinroq bo‘ladi. Qaynatilgani esa aksinchadir!

Sariq kasalligi bilan og‘rigan kishilarga juda yengil hazm bo‘ladigan taomlarni tayyorlab berish kerak. Bu borada baliq go‘shti solib pishirilgan qaynatma sho‘rva juda foydalidir.

Garmsel (issiq shamol) ham xuddi quyosh kabi kishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar kishini garmsel ursa, tuzlangan baliq yeyishi kerak.

Tuzlangan baliqning mizoji issiq va quruq bo‘ladi. Ular eskirgan sari bu ikkala xususiyati ham orta boradi. Uning eng yaxshisi – yaqinda tuzlangani hamda sirka bilan o‘ldirilib, dorivor ziravorlardan sepilganidir.

Yodingizda bo‘lsin, tuzlangan baliqdan tayyorlangan sho‘rva asablarni bo‘shashtiradi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share