Контентга ўтиш Skip to footer

Hosili oshqozon rohati, urug‘i jon rohati…

Bilasizmi, oshqovoq urug‘i tarkibida rux moddasi bo‘lib, u prostata bezi to‘qimalari rivojiga to‘sqinlik qiladi. Bu holat adenoma va prostatitda kuzatiladi.

Quritilgan oshqovoq urug‘i shu xastaliklarga chalingan erkaklar uchun nihoyatda zarur. Yaxshi natijaga erishmoq uchun ikki oy kuniga 50-60 tadan oshqovoq urug‘i iste’mol qilgan ma’qul.

Shuningdek, oshqovoq urug‘i tarkibidagi rux o‘smirlarda shu mikroelement kamayishi oqibatida yuz beradigan har xil toshmalar toshganda ham qo‘l keladi. Bu holda ham ikki oy mobaynida kuniga 50-60 tadan oshqovoq urug‘i iste’mol qilinadi.

Bundan tashqari, oshqovoq urug‘i tarkibidagi kukurbitin aminokislotasi ichki a’zolarimizga in qurgan qurtlar uchun zahar hisoblanadi. Odamlarning 50 foizga yaqinining o‘t qopida shunday parazitlar yashaydi. Ularga qiron keltirish uchun oshqovoq urug‘ini iste’mol qilib turish kerak.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share