Контентга ўтиш Skip to footer

Gulkaramning siz bilgan va bilmagan xususiyatlari

Gulkaram ko‘pchilik uchun shunchalik sevib iste’mol qilinadigan mahsulot hisoblanadi. Lekin uning biz bilmagan foydali xususiyatlari ham bisyor. Hattoki Ibn Sino ham uning qonni quyultira olishi haqida aytgan. Biz esa bugun aynan shu mavzuni to‘liqroq yoritishga qaror qildik.

Gulkaram tarkibida ko‘p miqdorda yallig‘lanishga qarshi, antikanserogen xususiyatlarga ega moddalar mavjud bo‘lib, u quyidagi kasalliklarning oldini oladi.

Saraton kasalligidan himoya

Tadqiqotlar natijalarga ko‘ra, gulkaram ko‘krak bezi saratoni, shuningdek yo‘g‘on ichak, jigar, o‘pka va oshqozon saratoni xavfini kamaytira oladi.

Yallig‘lanishdan himoya

Yallig‘lanish reaksiyalari deyarli barcha surunkali kasalliklarning avvalida turadi. Gulkaram antioksidantlarga va yallig‘lanishga qarshi birikmalarga boy bo‘lib, stressni kamaytirishda ham yordam beradi.

Yurak va miya kasalliklari xavfini kamaytirish

Gulkaramning yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari uning tarkibiga K vitamini, S vitamini, turli antioksidantlar kiradi va ular qon tomirlarda tiqin hosil bo‘lishidan himoya qiladi, qon bosimini normallashtiradi va qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi.

Foydali vitamin va minerallar manbai

Gulkaram C vitamini bilan bir qatorda suyak to‘qimasini mustahkamlovchi va osteoporoz rivojlanishining oldini oluvchi K vitaminiga boy. K vitamini, shuningdek, qon ivish jarayonlarida ishtirok etadi va organizmni kalsiy bilan boyitadi.

Ovqat hazm qilishni yaxshilash

100 g pishirilgan mahsulot tarkibida bu moddaning kunlik qiymatining 10% ga yaqini bor, bu qabziyatning oldini oladi.

Vazn tashlashga yordam beradi

Kam kaloriyali (100 grammda atigi 25 kkal), yog‘siz, uglevodlar miqdori past bo‘lganligi sabab gulkaram vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun mahsulot.

Shu bilan birga gulkaram organizmni toksinlar va ortiqcha suyuqliklardan tozalaydi bu esa sizning umumiy salomatligingizni yaxshilaydi.

Maslahatimiz gulkaramni to‘yib-to‘yib iste’mol qiling.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share