Контентга ўтиш Skip to footer

Dori qutichada qanday giyohlar bo‘lishi kerak?

Na’matak qaynatmasi tetiklashtiruvchi xususiyatga ega. Yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: qon bosimini pasaytiradi, qon tomirlarini tozalaydi. Na’matak shamollashning oldini olishda, shuningdek, kasallikda davo sifatida tavsiya etiladi.

Bugungi pandemiya davrida organizmimizning turli viruslarga qarshi kurashuvchanligini oshirish — dolzarb masala. Immunitet timizni kuchaytirish uchun esa tabiiy darmondorilarning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi.

Na’matak ana shunday bebaho o‘simliklardan biri hisoblanadi. Dala-dashtlarda o‘z holicha o‘sib yotadigan ushbu noyob butaga ko‘p ham e’tibor beravermaymiz. U o‘ziga gullab, meva berib, to‘kilib ketadi gohida. Aslida, ushbu tabiat ne’mati turli-tuman biologik faol moddalarning xazinasidir. Ular vitaminlar kompleksiga boy.

Na’matak mevasi vitaminli o‘t haydovchi va boshqa yig‘ma choylar tarkibiga kiradi. Shunday ekan, uni avaylab terib, quritib, olib qo‘ysangiz, zarar qilmaydi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share