Контентга ўтиш Skip to sidebar Skip to footer

Qish uchun kuzdagi to‘rtlik

Qish fasliga alohida tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bu nafaqat oziq-ovqat taraflama, balki salomatlik jihatidan ham. Ya’ni sovuq kunlar kunlar boshlanishidan avval immunitetni ko‘tarish joiz. Bunda bizga kuz faslidagi top 4 mahsulot yordam beradi. Bular: anor, behi, anjir va xurmo. Xurmoning 2000 ga yaqin navlari bor va uni yetilib pishgan vaqtida to‘yib iste’mol qilish: ishtahani yaxshilaydi; asab…

Batafsil

Dunyodagi eng foydali meva qaysi?

Dunyoda eng foydali mevani aniqlash qiyin, sababi har birini o‘ziga yarasha foydasi bor. Lekin eng yaxshilarini reytingini tuzish mumkin. Dunyo olimlari tomonidan eng foydali deb topilgan mevalarni sanab o‘tamiz. OLMA — tarkibidagi pektin va ovqat tolalari ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. C, E va A vitaminlari teriga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Olimlar olmani urug‘lari bilan iste’mol qilishni…

Batafsil

Iste’mol sodasining siz bilmagan sinoatlari

Tomoq og‘rig‘ida hech bir mahsulot iste’mol sodasichalik tez ta’sir ko‘rsatmasligini bilarmidingiz? Ushbu damlamani tayyorlash uchun 2 choy qoshiq soda 1 stakan qaynoq suvda eritiladi va unda kuniga 5-6 marta og‘iz chayiladi. Shuningdek, burun bitganida ham sodali eritma yaxshi naf beradi. Agar burundan suv kelayotgan bo‘lsa, tomizgich yordamida eritmadan bir necha tomchi tomiziladi va birozdan so‘ng…

Batafsil

Bugun olmaning tug‘ilgan kuni!

Ha, to‘g‘ri eshitdingiz! Bugun olmaxo‘rlar uchun haqiqiy bayram. Aynan shu kunda dasturxoningizni faqat olmali shirinliklaru taomlar bilan to‘ldirishingiz mumkin. Bilasizmi, olma tarkibida 15 foizgacha limon kislotasi, temir, kaliy, mis, vitaminlardan B1, B2, PP, A va folat kislotasi mavjud. Ammo uning eng qimmatli jihati tarkibida askorbin kislotasi (vitamin C) va pektin moddasi mavjudligidadir. Iste’mol qilingan olma…

Batafsil

Tabiat tuhfasi: Qovoq grippga qarshi

Kuz mahsulotlaridan biri bu qovoq. Uning tarkibida kaloriya miqdori past darajada va boshqa yeguliklar singari uning ham salomatligimizga foyda olib keladigan jihatlari mavjud. Qovoq vitaminlar ombori bo‘lib, A, C, E, K vitaminlariga boy. Qovoq past kaloriyali bo‘lgani uchun ideal parhez mahsuloti hisoblanadi. Shu bilan birga, qovoq farzandini ona suti bilan oziqlantirayotgan onalarga ilk kunlardanoq tavsiya…

Batafsil

Sochingiz uzra qor yog‘yaptimi?

Agar sochingiz quruqligidan qazg‘oq paydo bo‘layotgan bo‘lsa, zaytun yog‘i bosh terisi uchun ajoyib namlantiruvchi vositadir. Kechqurun iliq zaytun yog‘ini bosh terisiga surting va maxsus qalpoqcha kiyib uxlang. Ertalab yuvib tashlang. Shuningdek, qatiq yordamida ham bosh terisini namlantirish mumkin. Agar 150 g qatiqqa 2 osh qoshiq murch qo‘shsangiz, nafaqat namlantiruvchi, balki zamburug‘larga ham qarshi vosita hosil…

Batafsil

Ibn Sino tabobati: Mayiz qo‘shilgan ovqatni qaysi bemor yesin!

Bavosir bilan og‘riyotgan bemorlar yuz berayogan alomatlarni aytishga uyalishadi. Hattoki dorixonaga kirib dori so‘rashdan ham. Ibn Sino aynan bu dard bilan qiynalayotganlar uchun eng oddiy davo usulini aytib o‘tgan. Demak, bavosir bilan og‘rigan bemorda ko‘p ich ketishi yoki mo‘l qon ketishi yuz bersa, guruch va anor solingan ovqatni mayiz bilan yeyishi kerak. Kasalga yong‘oq yog‘i,…

Batafsil

Tarxun bilan uyquni yaxshilaymiz

Yoz faslida biz ko‘pincha bolalikdagi eng sevimli ichimligimiz bo‘lmish tarxun haqida o‘ylaymiz. Va hozirda uni osongina do‘konlardan topishimiz mumkin. Uning bizga foydasi borligini bilarmidingiz? Tarxun tarkibidagi mis, natriy, temir, kalsiy, fosfor va yod miya faoliyatini rag‘batlantirish bilan bir qatorda soch va tirnoqlar mustahkamligini ta’minlaydi. Agarda tarxun o‘simligi yordamida choy damlab ichilsa immunitetni oshiradi,bosh og‘rig‘ini qoldiradi…

Batafsil

Ibn Sino tabobati: Hiqichoq bilan bo‘lsa muammo — yalpiz sizga bo‘ladi davo!

Yalpiz oshqozon uchun foydali o‘t bo‘lib, ovqatning hazm bo‘lishiga ko‘maklashadi. Hiqichoqni to‘xtatadi. Agar kishi ko‘ngli aynib, qayt qilgach ichi ketsa, uning oshqozonidagi ovqat yaxshi hazm bo‘lmaganidan dalolat beradi. Behi murabbosi oshqozon bezlarini kuchaytirib, hazm qilish faoliyati buzilishi sabab kuzatiladigan ich ketishini to‘xtatadi va hazm tizimiga yordam beradi. Me’da sabab bo‘ladigan qayt qilishni bartaraf etadi. Arpabodiyonning…

Batafsil

Oshqozon og‘rig‘ini unuting!

Oshqozon og‘rig‘ini unutishingiz uchun oddiy damlama retseptini o‘rgatamiz. Na’matak mevasining qurug‘idan 4-6 donasini bir istakon qaynoq suvga solib qo‘yib, suvini har kuni uch mahaldan taomdan so‘ng ichsangiz, oshqozon kasalliklarida davo bo‘ladi. Shirin olma yeyish me’da boshiga quvvat bag‘ishlaydi, ovqat hazmini yaxshilaydi, me’dada safro xilti bo‘lsa, o‘zi ham darhol safroga aylanadi.

Batafsil

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.