Контентга ўтиш Skip to footer

Aloy — oshqozon yarasiga eng yaxshi malham!

Aloyning foydali xususiyatlari haqida ko‘p eshitganmiz. U yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ega.

Aloy ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, oshqozon-ichak faoliyatini kuchaytirib, organizmga o‘t haydovchi, bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Insonning ichki quvvatini oshirib, yaralarning tez bitishiga ko‘mak beradi. Bu borada Ibn Sino ham o‘z asarlarida aytib o‘tgan.

Unga ko‘ra: oshqozon yarasida aloy bargini olib, ikki yonidagi tikanlarini kesib tashlab, kuniga 2 mahal (nahorda va yotishdan oldin) bitta bargdan chaynab yutish kerak. Shu tariqa bir oy muolaja qilinganda oshqozondagi yaralar bitib ketib, bemorning yuziga qizillik yuguradi, ishtahasi yaxshilanadi.

Shuningdek, 2 osh qoshiq quritilgan yalpizga 1 piyola qaynagan suv quyib, 20 daqiqa damlanadi. Sovigach, 2 osh qoshiq aloy sharbatidan qo‘shiladi. Damlama kuniga 3 mahal, 1 piyoladan ovqatdan yarim soat oldin 30 kun davomida qabul qilinadi.

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share