Tepaga
Bo’lishing
Omborda mavjud; sotuvda mavjud

Naʼmatak siropi

55000 soʻm

Tarkibi: Naʼmatak mevasi, suv, shakar, askorbin va limon kislotasi. Naʼmatak azaldan o‘zining foydali xususiyatlari…

Tarkibi:

Naʼmatak mevasi, suv, shakar, askorbin va limon kislotasi.

Naʼmatak azaldan o‘zining foydali xususiyatlari bilan mashhur, buvi bobolarimiz  uni qaynatib ichar, quritib qo‘yar, murabbo va damlamalar tayyorlar edi.

Pazandalik, tibbiyot, kosmetologiyada o‘simlikning barcha qismlari: ildiz, barg va mevalaridan keng foydalanishadi. Yetilib pishgan mevalardan tayyorlanadigan to‘qi jigarrang suyuqlik ko‘rinishidagi naʼmatak sharbati har doim ko‘plab xastaliklarga davo sanalib kelingan. U yoqimli shirin maza va gul hidiga ega.

Naʼmatak sharbati asosiy davolash usuli sifatida qo‘llanilmasada, u kuchli sog‘lomlashtiruvchi taʼsirga ega.

Foydaliligi:

  • Immun tizimini mustahkamlaydi miyada qon aylanishini yaxshilaydi va xavfli o‘simtalarning paydo bo‘lishini oldini oladi;
  • Kuch-quvvatni tezda tiklashga va og‘ir kundan keyin charchoqni yo‘qotishga yordam beradi;
  • Qon bosimini va gematopoyetik organlarning ishini normallashtiradi;
  • Ko‘z ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi;
  • Ajoyib antioksidant;
  • O‘tkir respirator infeksiyalar va shamollashni oldini olishga yordam beradi;
  • Jarohatlanganda to‘qimalarni tiklashga yordam beradi;
  • Ajin tushishni oldini olishga kosmetologiyada ishlatiladi-teri hujayralari yangilanishda yordam beradi;
  • Qonda xolesterin miqdorini normallashtiradi;
  • Oshqozon-ichak trakti ishiga yaxshi taʼsir ko‘rsatadi, organizmdan toksinlarni chiqazib tashlaydi;
  • Xoleretik va diuretik taʼsirga ega.
  • Siropdan foydalanish homilador ayollar uchun ham foydalidir. Tanaga vitaminlarni yetkazib teri ko‘rinishini yaxshilaydi va yaxshi ko‘rinishini saqlab qoladi.
  • Bosh miyada qon aylanishini normallashtiradi;
  • Gipovitaminoz va zararli o‘simtalar hosil bo‘lishining oldini oladi;
  • Jismoniy va emotsional charchoqdan so‘ng organizmni tetik holatga qaytaradi;
  • Ko‘rish qobiliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi;
  • Arterial qon bosimini meʼyoriga keltiradi;
  • Qon hosil qilish aʼzolari faoliyatini rag‘batlantiradi;
  • Oshqozon va ichakni sog‘lomlashtiradi;
  • Zaharli moddalardan tozalaydi;
  • Suyak va to‘qimalar tiklanish qobiliyatini oshiradi;
  • Shamollash bilan bog‘lik kasalliklarni davolashda ijobiy taʼsirga ega.

Mazkur shirin dorini barcha O‘RVIO‘RK turlari, nafas olish aʼzolari kasalliklarini davolash va oldini olishda qo‘llash maqsadga muvofiq. Shuningdek, immun tanqisligi holatlari ham naʼmatak sharbati yordamida tuzatilishi mumkin. Bu vosita organizm kuchli aqliy yoki jismoniy zo‘riqish holatlarini o‘tkazgan vaziyatlarda ham yordam beradi. Temir tanqisligi holatlariga shifo bo‘ladi va qon tarkibini sezilarli darajada yaxshilaydi. Naʼmatakning barchaga maʼlum bo‘lmagan yana bir foydali xususiyati – iqlim o‘zgarishlarini oson boshdan kechirishga yordam berishidir.

Biroq sharbatni meʼyoridan ko‘p isteʼmol qilish, dozasini oshirib yuborish salomatlikka salbiy taʼsir ko‘rsatadi. U oshqozonosti bezi tomonidan insulin ishlab chiqilishini to‘xtatib qo‘yishi, qon bosimini tushirib yuborishi yoki gipervitaminozga olib kelishi mumkin.

Organizmga zarar yetkazmaslik uchun naʼmatak sharbati bilan davolashni maʼlum kurslar mobaynida, o‘rtada tanaffuslar qilgan holda olib borish zarur.

Quyidagi holatlarda esa naʼmatak mevalari sharbatini isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi:

  • Qon aylanishi buzilishlari;
  • Ich qotishiga moyillik;
  • Qon tomir va yurak xastaliklari;
  • tromboflebit;
  • teri kasalliklari;
  • o‘tkir gastrit, oshqozon yarasi va pankreatit;
  • bronxial astma;
  • homiladorlik va emizish davri;
  • preparatga bo‘lgan individual toqatsizlik.

Qabul qilishda yana nimalarni hisobga olish kerak?

Birinchidan, uning siydik haydovchi taʼsirini hisobga olish va buyrak bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, ehtiyotkorlik bilan berish tavsiya etiladi.

Ikkinchidan, naʼmatak organizmdan kaliyni chiqarib yuborishini yodda tutish va uni banan, turshak, mayiz kabi mahsulotlar bilan to‘ldirish lozim.

Uchinchidan, shifokor fikrini bilish va uning tavsiyalariga amal qilish zarur.

 

Saqlash muddati: 24 oy

 

Nojo‘ya taʼsiri: allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Baho berilmagan.

“Naʼmatak siropi&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan