Контентга ўтиш Skip to footer

Efiopiya qora sedana yog‘i

160000 UZS

Bo'lim: Mahsulot identifikatori.13585

Tasnif

Tarkibi: 100% Efiopiya qora sedana yog‘i

Sedana, arabchada shuniz, forschada “siyohdona”, ruschada chernushka posevnaya, lotinchada Nigella sativa deb ataladi. Sedana o‘limdan boshqa barcha xastaliklarga shifo ekanligi haqida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tomonidan hadisi sharifda rivoyat qilingan.

Sharq xalqlari sedanadan oqilona foydalanib kelishgan. U ko‘pincha kuyadori sifatida ham qo‘llanilgan.

Tabobatda sedananing urug‘i va yog‘idan foydalaniladi.

Tarkibida tana uchun kerakli moddalar mujassam. Urug‘i tarkibida 38 % gidrokarbonat, 35 % turli yog‘lar, 21% albumin (turli oqsillar) bor. Qolgan 6 % esa yuzdan ortiq foydali moddalar mavjud.

Foydaliligi:

Sedana asab tizimi kasalliklari, ichki yaralar, gijja, ayollardagi og‘riqli va anormal hayz sikli, rak kasalliklari, nafas olish yo‘llari kasalliklari, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, bo‘yrak va jigar kasalliklari, bosh va tish og‘rig‘i, shamollash, ko‘z xastaliklari, yurak, oshqozon kasalliklariga davo sifatida qo‘llaniladi. Organizmni mustahkamlash uchun ovqatdan so‘ng 1 choy qoshiq qora sedana (kunlik miqdor, bundan ko‘paytirish tavsiya etilmaydi) isteʼmol qilinadi.

 

Sedana yog‘i ona sutini ham ko‘paytiradi.

Qora sedana yog‘i soch o‘sishini yaxshilaydi va sochlarning erta oqarishini oldini oladi.

 

Foydali xususiyatlari:

*Mikrob, virus va turli zamburug‘li (gribkoviye) viruslarga qarshi nobud qiluvchi taʼsirga ega.

*Qondagi shakar miqdorini tushiradi.

*Hazmni qulaylashtiradi.

*Vujudni zaharlardan tozalaydi.

*Yaralarni tuzalishiga va hujayralarni yangilanishiga yordam beradi.

*Allergik kasalliklarga foydali.

*Immunitet tizimini kuchaytiradi.

*Gormonal tizim va ruh holini sog‘lomlashtiradi.

*Bolalarda asab va teri kasalliklari, astma va allergiyada tavsiya etiladi.

Kasalliklarni oldini olish maqsadida ertalab va kechqurun och qoringa ovqat yeyishdan 15-20 daqiqa oldin 1 choy qoshig‘i yangi yanchilgan sedana yeyish kerak. 6 oy mobaynida isteʼmol qilish kerak.

 

Qon bosimi balandligi uchun: Nahorda va kechqurun och qoringa ovqatdan 15-20 daqiqa avval 1 choy qoshig‘i sedana va qovrilmagan kunjut bilan birgalikda yanchilib yeyiladi. Muolaja 6 oy davom etishi kerak.

Saqlash muddati: 24 oy

Homilador ayollarga va aʼzolari (jigar, buyraklar, yurak) transplantatsiya qilingan kishilarga qora sedana va sedana yog‘i isteʼmol qilish man qilinadi, uni isteʼmol qilinganda organizm immuniteti ko‘tariladi, bu esa jarrohlik yo‘li bilan qo‘yilgan o‘zga aʼzolarning begonalashuviga olib kelishi mumkin.

Qora sedana va uning yog‘ini mutaxassisning maslahatisiz isteʼmol qilish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Har qanday sedana ham haqiqiy emas. Sedananing zaharli navlari ham o‘sadi.

Unutmang!!! Har qanday tavsiyani bajarishdan avval mutaxassis shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Fikr-mulohazalar

Baho berilmagan.

“Efiopiya qora sedana yog‘i&rdquo mahsulotiga birinchilardan bo'lib fikr bildiring;
0.0/5

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.