Контентга ўтиш Skip to footer

Olma sirkasi haqida bilasizmi?

Sirka (uksus kislotasi) — o‘tkir hid va taʼmli shaffof suyuqlik bo‘lib, undan turli xil kulinariya pishiriqlarini tayyorlashda foydalaniladi. Sirkani xo‘jalikda qo‘llamagan uy bekasi bo‘lmasa kerak. Uning inson organizmiga taʼsiri qanday?

Olma sirkasining tarkibidagi tabiiy komponentlar organizmga foydali taʼsir etib, oz-oz miqdorda oshqozon ichak xastaliklarida tavsiya etiladi va bunda oshqozonning kislotalilik muxitiga taʼsir etmaydi.

Taomga ishlatayotgan sirkaning organizmga foydali taʼsir etishini istasangiz uning tabiiy va rafinadlanmagan (tozalanmagan) turini tanlang. Bunday sirkalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

• Antibakterial taʼsir etadi;

• Hazm qilish jarayonini yaxshilaydi;

• Qon bosimini tushiradi;

• Tashqi qo‘llanganda tana haroratini tushiradi;

• Tana vaznini kamaytiradi;

• Immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi;

• Organizmni erkin radikallardan himoya qiladi;

• Qon tomirlar mustahkamligini oshiradi;

• Xolesterinni eritishi hisobiga atersklerozni oldini oladi.

[wt-related-products product_id=”olma-sirkasi”]

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share