Контентга ўтиш Skip to footer

ERLIK QUVVATINI OSHIRISH TADBIRI

Oila qurish, risoladagiday jinsiy hayot kechirish, farzand ko‘rish kishining saodati belgisidir. Shuning uchun odamlar jinsiy quvvatlari meʼyorida bo‘lishiga eʼtibor qaratadilar. Chunki jinsiy zaiflik er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni izdan chiqaradi, erkakning ruhiy holatiga, sog‘lig‘iga, ish unumdorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Jinsiy zaiflik o‘z-o‘zidan paydo bulmaydi. Bunga o‘ta semirib ketish, uzoq vaqt jinsiy aloqadan tiyilish, g‘am-tashvish ko‘pligi, uzluksiz og‘ir jismoniy mehnat, qattiq charchoq, bo‘g‘imlar sustligi, xotinning yomon qilig‘i yoki nopokligi, shamollash, irsiy kasalliklar, ichkilik, giyohvandlik kabilar sabab bo‘lishi mumkin.

Father playing with his cute young daughter outdoors as he does press-ups on the grass with her riding on his back laughing in an active healthy lifestyle concept

Jinsiy zaiflikni davolash, quvvatni oshirish uchun nimalar isteʼmol qilish kerak?

1. Baliqning hamma turi jinsiy quvvatni oshiradi. Agar baliqqa piyoz qo‘shib yeyilsa, erlik urug‘ini ko‘paytiradi.

2. Yangi sog‘ilgan sigir sutini ichish yoki sutni yong‘ok mag‘zi bilan isteʼmol qilish erlik urug‘ini paydo qiladi, jinsiy quvvatni oshiradi.

Z. Shaxvatni jonlantirishda kiyik, o‘rdak, bedana, chumchuq go‘shtlarini isteʼmol qilish yaxshi samara beradi.

4. Barcha tuxumlar, jumladan, bedana va chumchuq tuxumi jinsiy quvvatni oshiradi.

5. Yalpiz aloqaga maylni kuchaytiradi, erlik urug‘larini mustahkamlaydi.

6. Suvda bug‘lab pishirilgan sholg‘omni ertalab issik holda yeyish belni baquvvat qiladi, erlik urug‘ini kuchaytiradi.

7. No‘xat suvda qaynatib tanovul qilinsa, jinsiy zaif kishining maqsadi hosil bo‘ladi.

Manba: “Baxtiyor oila” kitobi

Fikr bildirish

the Kick-ass Multipurpose WordPress Theme

© 2021 Kicker. All Rights Reserved.
Total
0
Share